French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Germaniya koronavirusga qarshi kurash uchun Hindistonga insonparvarlik yordamini ajratadi
09:21 / 2021-04-30

Germaniya koronavirusga qarshi kurash uchun Hindistonga insonparvarlik ko‘magi sifatida 50 million yevro ajratadi.

Sog‘liqni saqlash vaziri Yens Shpan shunday ma’lumot berdi, deyiladi "RIA Novosti" xabarida.  

O‘z navbatida, Germaniya mudofaa vaziri 1 mayda Hindistonga 120 ta sun’iy nafas olish appatlarini yuborishini ma’lum qildi.  

Bundan tashqari, kislorod qurilmalari, ularni ishlatuvchi 16 nafar nemis mutaxassisi bilan birgalikda yuboriladi.  

Eslatib o‘tamiz, shu paytgacha Hindistonga Buyuk Britaniya, AQSH va Rossiya koronavirusga qarshi kurashda ko‘mak yuborgan.