Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Germaniya ishbilarmonlari Andijondagi xalqaro forumda ishtirok etmoqda
14:04 / 2019-10-19

Germaniyaning ishbilarmon doiralari vakillari “Open Andijan” xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda.


Germaniyaning ishbilarmon doiralari vakillari “Open Andijan” xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda.

Oʻzbekistonning Germaniyadagi elchixonasi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, delegatsiya tarkibi qishloq xoʻjaligi texnikasi, avtomobilsozlik, oziq-ovqat va toʻqimachilik sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish, qishloq xoʻjalik mahsulotlarini qayta ishlash, bank va konsalting xizmatlari sohalarida ish olib borayotgan 20 dan ortiq nemis kompaniyalari vakillaridan iborat.

Delegatsiya aʼzolari orasida “Commerzbank” va “Landesbank Baden-Württemberg”, “Trützschler GmbH & Co. KG”, “Max Holder GmbH”, “ABM Anlagenbau und Maschinentechnik GmbH”, “Gühring GmbH”, “SR Business Germany”, “ITM Investment Trade Marketing GmbH”, “Rödl&Partner” i “RSP-i” kabi yetakchi banklar va kompaniyalar vakillari bor.

Germaniyalik ishbilarmonlarning boʻlajak tadbirda ishtirok etishdan maqsadi Andijon viloyatining investitsiya va eksport salohiyati bilan bevosita tanishish, shuningdek, mahalliy tadbirkorlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni oʻrnatishdir.

Forum doirasida Germaniya ishbilarmon doiralari vakillari oʻzbekistonlik sheriklari bilan G2B va B2B formatlarida ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazishi rejalashtirilgan boʻlib, yakunda aniq investitsiya loyihalari va eksport shartnomalari boʻyicha kelishuvlarga erishish kutilmoqda.

Germaniya kompaniyalari Qoʻrgʻontepa tumanida trikotaj fabrikasini modernizatsiya qilish va tozalangan oʻsimlik moyi ishlab chiqarish zavodini qurish, Xoʻjaobod tumanida transport-logistika markazini barpo etish, Shahrixon tumanida quritilgan mevalar va ziravorlar ishlab chiqarish loyihalarida ishtirok etmoqda.