Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Germaniya hukumati muhojirlarga oʻz vatanlariga qaytishlari uchun moliyaviy yordam taklif qildi
20:23 / 2018-11-15

Germaniya hukumati 31 dekabrgacha oʻz xohishi bilan vatanlariga qaytish istagini bildirgan muhojirlarga vatanlaridagi yangi turar joyning bir yillik ijarasini toʻlab berishni taklif qildi.

Germaniya hukumati 31 dekabrgacha oʻz xohishi bilan vatanlariga qaytish istagini bildirgan muhojirlarga vatanlaridagi yangi turar joyning bir yillik ijarasini toʻlab berishni taklif qildi.

Mamlakatni koʻngilli tarzda tark etishga rozi boʻladiganlar aviachipta xarid qilish va vatanlarida joylashib olish uchun moliyaviy yordam oladilar. 2018 yilning 1-yarmida Germaniyani 10699 kishi oʻz xohishi bilan tark etgan. Majburan esa 12261 kishi deportatsiya qilingan. Muhojirlarning koʻngilli tarzda ketishi ularni majburiy deportatsiya qilishdan koʻra insonparvarroqdir – hech qanday politsiya eskorti, samolyotga majburiy ravishda oʻtkazishlar boʻlmaydi.

Germaniya hukumatining baholashicha, bir muhojirning majburiy deportatsiya qilinishi oʻrtacha 1500 yevroga aylanadi. Agar muhojirlar oʻzlari ketadigan boʻlsalar, bu qiymat yarmiga – 700 dollargacha kamayadi.