English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Germaniya hukumati mudofaa uchun yuz milliard yevro ajratadigan bo‘ldi
21:04 / 2022-05-31

Germaniyaning hukmron koalitsiyasi muxolifat bilan armiyani modernizatsiya qilish uchun 100 milliard yevro ajratishga kelishib olgani to‘g‘risida xabar berildi. Mamlakatda yirik buyurtmalar, jumladan, qurollarni moliyalashtirish uchun maxsus fond tashkil etiladi. Bu haqda “Euronews” axborot tarqatdi.

– Bu yerda asosiy maqsad Germaniya armiyasining mudofaa qobiliyatini oshirish orqali mamlakat erkinligi va demokratiyasini himoya qilishdir, – degan Germaniya kansleri Olaf Shols.

Qayd etilishicha, fevraldan buyon mudofaa xarajatlari oshgan. Germaniya hukumati Bundesverga milliy yalpi ichki mahsulotning 2 foizidan ko‘prog‘ini sarmoya kiritishga va’da beryapti. Hukumat 2022 yil uchun davlat byudjetidan 100 milliard yevro ajratishga tayyor.

Maxsus jamg‘armani qo‘shimcha kreditlar hisobidan moliyalashtirish ko‘zda tutilgan. Buning uchun Germaniya konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritilishi kerak, boisi qonunga ko‘ra, mamlakat mudofaaga byudjetdan ortiq mablag‘ sarflashni taqiqlaydi.

O‘zA