Germaniya hamkorlar bilan birga Ukrainaga 30 ta "Patriot" beradi
Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Yevropadagi bir necha hamkor davlat bilan Ukrainaga "Patriot" havo mudofaasi tizimi uchun 30 ta PAC-3 raketasi yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda "Der Spiegel" nashri yozgan.
Bundesver zaxirasidagi bir necha raketa bilan birga Kiyev jami 35 ta PAC-3 oladi. Aslahani yetkazib berish sanasiga aniqlik kiritilmagan. Ta’kidlanishicha, Ukraina oyiga o‘rtacha 60 ta shunday quroldan foydalanadi.Demak, GFR sa’y-harakati bilan ajratiladigan raketalar Kiyevga taxminan ikki hafta uchun yetarli, xolos.
S.Rahimov, O‘zA