Germaniya Gruziyaning hududiy yaxlitligini qoʻllab-quvvatlaydi
Germaniya kansleri Angela Merkel Gruziya Bosh vaziri Mamuka Baxtadze bilan Tbilisida boʻlib oʻtgan rasmiy matbuot anjumanida kansler Germaniya Gruziyaning hududiy yaxlitligini va suverenitetini qoʻllab-quvvatlashini maʻlum qildi.

– Oxirgi 10 yil ichida koʻp bora Gruziyaga tashrif buyurdim. Gruziya siyosatini va rivojlanish bosqichlarini oʻrganib chiqdim. Bugun esa 10 yil oʻtib, men Gruziyaning hududiy yaxlitligini qoʻllab-quvvatlayapman, – dedi Merkel.
Kansler soʻzlariga koʻra, Abxaziya va Janubiy Osetiya hududlarida sodir boʻlgan voqealarni “adolatsizlik” deb baholadi.
– Gruziyaga katta koʻmak zarur va bunda men uning ravnaqi va taraqqiyoti uchun gʻamxoʻrlik bildiraman, – dedi Merkel.
Mamuka Baxtadze bilan uchrashuvdan soʻng, Angela Merkel Gruziya Prezidenti Georgi Margvelashvili bilan uchrashdi. U bilan boʻlib oʻtgan suhbatida ham Gruziya mamlakatining taraqqiyoti va ravnaqi uchun tinch yoʻl bilan kurashish va bunga erishish lozimligini taʻkidladi.
Bundan tashqari, Germaniya kansleri ishgʻol qilingan notinch hududlarni ham koʻzdan kechirdi va ziyorat qildi. (Endi Gruziyaning Janubiy Osetiya bilan delimitatsiya liniyasi endi erkin ravishda faoliyat yuritadi).