Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Germaniya elchisi bilan uchrashuv
16:13 / 2021-06-24

24 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatimizdagi diplomatik missiyasi yakunlanayotgan Germaniya Federativ Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Gyunter Overfeldni qabul qildi.

Ta’kidlash joiz, G.Overfeld mamlakatimizdagi faoliyatini 2017 yildagi siyosiy va iqtisodiy islohotlar sharoitida boshlab, ular natijasida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi munosabatlar yangi dinamikaga ega bo‘ldi.  

- O‘zbekistonlik hamkasblarim — O‘zbekiston Respublikasi TIV xodimlarining professionalligi va o‘zbek xalqining Germaniya tili va madaniyatini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi meni hayratlantirdi. E’tiborlisi, nemis tilini o‘rganish bo‘yicha O‘zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinchi o‘rinda turadi, — dedi Gyunter Overfeld.

O‘z navbatida, Abdulaziz Komilov Germaniya elchisining ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish bo‘yicha faoliyatini yuqori baholadi. Shu ma’noda, davlat rahbarlarining 2019 yildagi o‘zaro tashriflari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal kansleri Angela Merkel o‘rtasida 2021 yil mart oyida bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni davom etish muhimligi qayd etildi.  

Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanligini tasdiqladi.  

 

Gulruh Abdullayeva

Oqil G‘ulomov(surat) O‘zA