Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Germaniya elchisi bilan uchrashuv
17:55 / 2021-01-19

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Germaniya Federativ Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Gyunter Overfeldni qabul qildi.

Suhbat davomida O‘zbekiston va Germaniyaning siyosat, savdo-iqtisod, investitsiya sohalaridagi hamda moliyaviy-texnikaviy, madaniy-gumanitar va boshqa munosabatlarining hozirgi holati, aloqalarni yanada rivojlanish istiqboli muhokama qilindi.

Turli darajadagi bo‘lg‘usi uchrashuvlar jadvali va kun tartibi bo‘yicha fikr almashildi.

Parlamentlararo aloqalar ko‘lamini kengaytirish, jumladan, Oliy Majlis vakillarining Germaniyaga va Bundestag vakillarining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zaro savdoni kuchaytirish, ishbilarmon doiralar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatish va O‘zbekiston iqtisodiyoti tarmoqlarida qo‘shma loyihalar amalga oshirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

 

O‘zA