Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Germaniya dronlar xaridi uchun milliardlab yevro yo‘naltirmoqchi
19:29 / 2026-02-10

GFR Qurolli kuchlari yaqin yillarda uchuvchisiz aparatlar xaridiga yirik mablag‘ ajratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “DW”nashri xabar berdi. Mazkur qadam Litva hududida joylashtirilayotgan nemis qo‘shinlarining jangovar salohiyatini kuchaytirishga qaratilgan.

“Reuters” axborot agentligi Germaniya Moliya vazirligiga tayanib yozishicha, mamlakat dastlabki bosqichda qiymati 536 million yevroga teng bo‘lgan dronlarni xarid qiladi. Ushbu loyiha doirasida nemis kompaniyalari “Helsing” va “Stark” bilan umumiy hajmi 4,3 milliard yevrodan ortiq shartnomalar tuzishi rejalashtirilgan.

Ma’lum qilinishicha, ushbu dronlar nishon hududi ustida uzoq vaqt aylanib, uni mustaqil ravishda yakson qilish imkoniyatiga ega. Xabarga ko‘ra, yangi uchoqlar avvalo, Litvada joylashtirilayotgan Germaniyaning 45-tank brigadasini himoya qilish va uning jangovar imkoniyatlarini oshirishga xizmat qiladi.

GFR byudjet qo‘mitasi ushbu qarorni yaqin vaqt ichida ma’qullashi kutilmoqda.

D.Hakimov, O‘zA