Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Germaniya Boltiq dengizida nazoratni kuchaytiradi
10:59 / 2025-07-02

Germaniya 1 iyuldan boshlab Boltiq dengizida sharq tomon yo‘l oladigan kemalar ustidan nazoratni kuchaytirdi. Ya’ni, kemadan suvga neft to‘kilishi holatida sug‘urta qoplamasi to‘lanishi masalasi ko‘tarilmoqda. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vazirligi xabar tarqatgan.

Hujjatda Rossiya bilan bog‘liq “soya floti”ga qarshi kurashish, shuningdek dengizda harakat xavfsizligini oshirish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish orqali nazorat kuchaytirilishi ta’kidlangan. Vazirlik “og‘ish”aniqlangan taqdirda kema sanksiya ro‘yxatiga qo‘shilishi mumkinligi bilan tahdid qilgan. Tez orada Shvetsiya ham kemalarni tekshira boshlaydi.

Iyun oyida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin “soya floti”ga zarba berishga urinish global uglevodorod narxiga ta’sir qilishini

aytgandi.

S.Rahimov, O‘zA