Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Germaniya bilan chorvachilik va parrandachilikni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik qilinmoqda
10:18 / 2024-09-20

Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutida “Germaniya – O‘zbekiston texnik muloqoti – iqlimga chidamli yem-xashak ekinlari va ularning urug‘chiligini takomillashtirish” dasturi doirasida “Iqlim o‘zgaruvchanligiga chidamli yem-xashak ekinlarni sinovdan o‘tkazish va tanlash hamda urug‘chiligini takomillashtirish” mavzusida ko‘rgazmali o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda Germaniya va Rossiya davlatlaridan hamda Qozog‘iston Respublikasidan soha mutaxassislari, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasa va ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari, chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.

Seminar doirasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan muloqotlar tashkil etildi, aniqlangan muammolarni tizimli bartaraf etish bo‘yicha fikrlar almashildi.

O‘zA