Germaniya banklarida yana o‘g‘irlik
So‘nggi bir necha hafta ichida Germaniyada bankdagi seyf qutilarini buzib kirish bilan bog‘liq uchinchi o‘g‘irlik sodir etildi, deb xabar bermoqda “Bild” gazetasi.
O‘tgan yil dekabr oyining o‘rtalarida Bonndagi bankdan 20 kilogramm oltin o‘g‘irlangani haqida xabar berilgan edi. Ikkinchi talonchilik dekabr oyi oxirida Gelsenkirxen shahrida Rojdestvo bayrami arafasida sodir bo‘lgan.
– Bu galgi o‘g‘irlik kuppa-kunduzi ro‘y berdi, -deyiladi maqolada.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, o‘g‘rilar to‘rtta seyf qutisini ochishga muvaffaq bo‘lishgan.
S.Rahimov, O‘zA