Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Germaniya bankida yirik o‘g‘irlik
12:44 / 2026-02-16

Germaniyada uch noma’lum shaxs “Volksbank” binosiga bostirib kirib, o‘lja bilan birga qochib ketdi. “Bild” gazetasi huquqni muhofaza qilish idoralariga tayanib xabar berishicha, yetkazilgan zarar miqdori hali noma’lum. Hodisa Quyi Saksoniya o‘lkasidagi Shtur shahrida sodir bo‘lgan.

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, ko‘k rangli maxsus kiyim kiygan qaroqchilar tushlik payti bank ombori joylashgan yerto‘laga kirishga muvaffaq bo‘lgan. Jinoyatchilar 14 ta seyfni ochib, barcha pullarni olib ketgan.

Bosqinchilik bir necha xodim o‘zini yomon his qilayotganidan shikoyat qilishi tufayli aniqlangan. Keyinchalik qaroqchilar yerto‘laga noma’lum zaharli modda purkagani ma’lum bo‘ldi. Politsiya o‘g‘rilarni qidirmoqda.

Mahalliy ommaviy axborot vositalari yozishicha, bu so‘nggi ikki oy ichida mamlakat banklarida yuz bergan beshinchi  o‘g‘irlik.

S.Rahimov, O‘zA