Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Germaniya axborot resurslarida O‘zbekiston sayyohlik salohiyati targ‘ib qilinadi
11:15 / 2019-03-11

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakillaridan iborat delegatsiya Germaniyaning “TUI Group” kompaniyasi bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.


O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakillaridan iborat delegatsiya Germaniyaning “TUI Group” kompaniyasi bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

“ITB Berlin 2019” doirasida O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakillaridan iborat delegatsiya a’zolari Germaniyaning “TUI Group” kompaniyasi bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Unda turizm sohasidagi asosiy tendensiyalar va yangiliklar haqida fikr almashildi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qilishicha, suhbat chog‘ida germaniyalik hamkorlar mamlakatimizda joriy etilayotgan vizasiz tartibni ijobiy baholagan.

“TUI Group” kompaniyasining asosiy yo‘nalishi sohil bo‘yi va dengizda sayyohlik turlarini tashkil etish hisoblanadi. Muloqot chog‘ida kompaniya vakillari O‘zbekistonda ham ushbu yo‘nalishdagi qator loyihalarga qiziqish bildirdi.

Mamlakatimizga har yili o‘rtacha 27 million sayyoh keladi. Uchrashuvda mamlakatimiz delegatsiyasi yurtimizning turistik salohiyatini kompaniya axborot resurslarida keng targ‘ib qilish bo‘yicha hamkorlikni taklif etdi va bu hamkor tomondan ijobiy qabul qilindi.

Shundan so‘ng ushbu yo‘nalishdagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, Germaniya kompaniyasi mamlakatimiz turizm imkoniyatlari haqida foto, video va matinli ma’lumotlarni internet nashrlarida chop etish hamda O‘zbekistonning boy tarixi va madaniyati haqida tegishli mutasaddilarning intervyularini e’lon qilib borishni ma’lum qildi.

Ma’lumot o‘rnida, “TUI Group” 1 ming 600 ta sayyohlik agentligi, 380 dan ortiq mehmonxona, 150 ta samolyotga ega 6 ta aviakompaniya, 16 kruiz kemasi, ko‘plab chakana savdo do‘konlari hamda ularda band 70 mingdan ziyod xodimlarni o‘z ichiga olgan sayyohlik kompaniyasidir. Kompaniyaning 2018 yilgi moliyaviy holati 19,5 milliard yevroni tashkil etgan.