Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Germaniya armiyaga milliardlab mablag‘ sarflamoqchi
13:02 / 2025-03-24

CNN yozishicha, yevropaliklar harbiy salohiyatni oshirishga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Binobarin, ko‘hna qit’aning hech bir davlatida bu o‘zgarish Germaniyadagidek sezilarli emas. Mamlakatning Bundesver deb ataladigan Qurolli kuchlari ko‘p yil davomida sarmoya kamligi tufayli jiddiy zarar ko‘rdi. Endi hammasi o‘zgarishi kutilyapti.

Ehtimoliy kansler Fridrix Mersning fikricha, GFR armiyaga sovuq urush yillaridan keyingi misli ko‘rilmagan sarmoyani yo‘naltiradi. O‘sha davrdan buyon mamlakat harbiy xarajatni yalpi ichki mahsulotga nisbatan keskin kamaytirdi. 1963 yil 4,9 foizlik cho‘qqiga chiqqan ayni ko‘rsatkich 2005 yil atigi 1,1 foizni tashkil qilgan. Bu barcha zamonlar uchun eng past darajadir.

Musulmon Ziyo, O‘zA