Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Germaniya Adliya vazirligi bilan huquqiy hamkorlik to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiya imzolanadi
12:16 / 2024-10-11

O‘zbekiston Adliya vaziri Akbar Toshqulov Berlin federal yeri adliya senatori Felor Badenberg boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda adliya va huquq sohasida hamkorlik aloqalari hamda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yangi tashabbuslar muhokama qilindi.

Adliya vaziri keyingi yillarda adliya va huquq sohasida O‘zbekiston – Germaniya munosabatlarini yanada mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritdi.

Jumladan, uchrashuvda Adliya vazirligi Germaniyaning xalqaro hamkorlik jamiyatining Toshkent shahridagi vakolatxonasi bilan uzoq yillardan buyon turli dastur va loyihalarni amalga oshirib kelayotgani, xususan, tuzilmaning «Markaziy Osiyoda huquqiy davlatchilikni rivojlantirish» dasturi doirasida «Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ishlab chiqilganini alohida qayd etdi.

F.Badenberg O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi islohotlarni yuqori baholadi. Shu o‘rinda, hozirda dunyodagi yuz berayotgan turli tahdidlar, jumladan, diniy radikalizm, ekstremizm, kiberjinoyatlar soni oshib borayotgani, ularga qarshi kurashishda butun dunyo davlatlari muammolarga uchrayotganini ta’kidladi.

Uchrashuv davomida Germaniya Federativ Respublikasi Adliya vazirligi bilan huquqiy hamkorlik to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiya loyihasi ishlab chiqilgani hamda tez orada imzolanishi rejalashtirilayotgani bildirildi.

N.Abduraimova, O‘zA