FOTOREPORTAJ
Ma’lumki, yaqinda Misr hukumati tomonidan mamlakatimizga insonparvarlik yordami sifatida ajratilgan gepatit S ga qarshi «Sofosbuvir-400mg» va «Sofosbuvir-400mg» dori vositalarining joriy yildagi to‘rtinchi partiyasi Toshkentga keltirilgan edi.
Jami 6 ming 720 donadan iborat mazkur preparatlar Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan hududlarga taqsimlangan. Shundan 2 ming donasi Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filialiga olib kelingan.
[gallery-17098]
- Mazkur dori preparatlari gepatologik markaz xodimlari tomonidan surunkali virusli gepatit S bilan kasallangan bemorlarga bepul tarqatilmoqda, - deydi filial bosh vrach Sultonali Boyigitov. - Bugungi kungacha 3 ming 920 nafar bemor sog‘lomlashtirishga erishildi. Shuningdek, oxirgi uch oy davomida viloyatda jami 84 ming 435 nafar aholida virusli gepatitlarning V va S turlariga ekspress test o‘tkazilgan.
Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA