English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Georgiy Agzamov turniri iste’dodli shaxmatchilarni musobaqa maydoniga chorlamoqda
15:29 / 2024-03-26

Poytaxtimiz Toshkentda O‘zbekistonning birinchi grossmeysteri Georgiy Agzamov xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy xalqaro turnir boshlanmoqda.

Dunyoning 20 ziyod davlatlaridan kelgan bir qator nomdor shaxmatchilar ishtirokidagi qizg‘in bellashuvlarning 1-tur o‘yinlari ertaga, 27-mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Musobaqalar “A” va “B” toifalarida tashkil etilmoqda. “A” toifada 95 nafar ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, “B” toifada 148 nafar shaxmatchi g‘oliblik uchun kurash olib boradi. 

O‘n yettinchi bor o‘tkazilayotgan turnir o‘yinlari 10-turdan iborat bo‘lib, musobaqalar 3-aprelga qadar davom etadi.

 

T. Ro‘ziyev, O‘zA