Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Geologiya va mineral resurslar sohasida hamkorlik mustahkamlanadi
18:26 / 2026-01-29

Geologiya va mineral resurslar sohasi O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega va uni rivojlantirishda shaffoflik hamda xalqaro standartlarga mos hamkorlik muhim omillardan biridir.

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Suma Chakrabarti va uning ekspertlar guruhi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Unda sohada amalga oshirilgan ishlar, istiqboldagi rejalar hamda xalqaro hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi. Tomonlar O‘zbekistonning mineral va geologiya sohasida shaffoflik tashabbusiga (EITI) ehtimoliy qo‘shilishi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar hamda istiqboldagi rejalar haqida fikr almashdi. 

Mas’ullar qayd etganidek, mamlakatimizda geologiya va mineral resurslar sohasini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish va shaffoflikni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. Mazkur muloqot nafaqat amalga oshirilgan ishlar va tashriflar natijalari bo‘yicha fikr almashish imkonini beradi. Shu bilan birga,  EITI tashabbusini amaliyotga tatbiq etish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish yo‘lida hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Muloqot chog‘ida Suma Chakrabarti vazirlik tomonidan EITI tashabbusini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar va ko‘rsatilgan hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi. 

Uchrashuv so‘ngida tomonlar hamkorlikda ushbu yo‘nalishdagi ishlar davom ettirilishining muhimligini ta’kidladi.

Vazirlik axborot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu uchrashuv yurtimizda geologiya va mineral resurslar sohasini shaffoflik va xalqaro hamkorlik asosida rivojlantirishda muhim qadamdir. Bu kabi qo‘shma loyihalar ushbu tizimning ravnaqida muhim o‘rin tutadi.

 N.Ziyodullayeva, O‘zA