Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Geologiya salohiyati xalqaro maydonda namoyish etildi
09:54 / 2026-03-04

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan “Uzbekistan Day” tadbiri tashkil etildi.

Mahalliy va xalqaro kompaniyalar hamda sohaning yetakchi mutaxassislari ishtirok etgan tadbirda mamlakatning geologik salohiyati, investitsion imkoniyatlari hamda "Mine-Metal-Market" to‘liq qiymat zanjiriga asoslangan sanoat modeli xalqaro hamjamiyatga taqdim etildi.

Qayd etilganidek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yangi konlarni o‘zlashtirish, nodir va texnologik metallarni chuqur qayta ishlash bo‘yicha istiqbolli loyihalar hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan tashabbuslar muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu tadbirda bu boradagi ishlar tahliliga keng  urg‘u berildi.

Shuningdek, muloqot chog‘ida O‘zbekiston texnologik metallar kombinati va xalqaro savdo-investitsiya va sanoat hamkorlik platformasi sifatida faoliyat yurituvchi "OMAD International Inc." bilan memorandum imzolandi. Ushbu hujjatga asosan investitsiyalarni jalb etish, Kanada tog‘-kon kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytirish, qo‘shilgan qiymat yaratish hamda barqaror sanoat rivojiga qaratilgan integratsiyalashgan qiymat zanjiri konsepsiyasi asosida hamkorlikni rivojlantirish belgilangan.

Bundan tashqari, kombinat  "Erdenes IT LLC"  kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumini imzoladi. Bu memorandum texnoparklarni tashkil etish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot tashabbuslarini amalga oshirish hamda tog‘-kon, geologiya va xalqaro marketing sohalarida hamkorlikni mustahkamlaydi.

N.Ziyodullayeva, O‘zA