Geologiya-qidiruv ishlari bo‘yicha yetuk kadrlar tayyorlash – bugunning talabi
Bugun, 11 fevral kuni Geologiya fanlari universitetida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Fraksiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari D. Ahmedov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan geologiya-qidiruv ishlari hajmini keskin oshirish, sohaga xususiy investorlar va ilg‘or xorijiy kompaniyalarni jalb qilish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Qodirxo‘jayev sohada olib borilayotgan tizimli islohotlar, oldinda turgan muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha o‘z takliflarini berdi.
Shuningdek, sohada kadrlar tayyorlash, talabalarni jahon andozalari asosida bilim olishi, xorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda Geologiya fanlari universiteti o‘rtasidagi o‘zaro ilm va tajriba muhitini yaxshilash masalalariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA