Geografik ob’ektlarga nom berish bo‘yicha mutaxassislar o‘qitildi
Poytaxtimizda geografik ob’ektlarni nomlash masalalariga mas’ul bo‘lgan xodimlar uchun o‘quv-seminari tashkil etildi.
Unda Toshkent shahri va Toshkent viloyati hamda tuman (shahar) hokimlarining davlat tili bo‘yicha maslahatchilari, Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahri va Toshkent viloyati boshqarmalarining geografik ob’ektlarga nom berish bo‘yicha mutaxassislari hamda tuman (shahar) filiallarining ma’lumotlar bazasiga mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi.
O‘quv-seminarda geografik ob’ektlar nomlari sohasidagi qonunchilik hujjatlari ijrosi, ob’ektlarga nom berish va ularni qayta nomlash, davlat ekspertizasidan o‘tkazish, davlat reyestriga kiritish, mahallalarning chegarasi va ko‘chalar nomi ko‘rsatilgan xaritalarini tayyorlash tartibi bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA