Generallar bilyardda bahslashdi
Poytaxtimizdagi “Bilyard” sport klubida erkin piramida yo‘nalishi bo‘yicha No‘’mon Bo‘rixo‘jayev xotirasiga bag‘ishlangan turnirda Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat bojxona qo‘mitasi hamda Davlat xavfsizlik xizmatida uzoq yillar mehnat qilgan faxriy zobitlar, generallar bahs olib bordi.
Musobaqalar davomida qonuniylikni mustahkamlash va prokuratura organlarini rivojlantirish yo‘lida halol mehnat qilgan respublikaning sobiq bosh prokurori No‘’mon Bo‘rixo‘jayev xotirasi yod etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va mamlakat bilyard sporti federatsiyasi hamkorligida o‘tgan qiziqarli bahslar davomida nafaqat sport mahorati, balki do‘stlik, halol raqobat tamoyillari mujassam bo‘ldi.
[gallery-27055]
O‘tkazilgan o‘yinlar sarhisobiga ko‘ra, Erkin Abzalov g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Abdulhalim Xolmaxmadov, Azimjon Ergashev, Saidazim Aripov sovrindorlar qatoridan joy oldi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA