Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
General yoshlar bilan uchrashdi
14:18 / 2023-06-08

“Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Yoshlar oyligi” doirasidagi tadbirlar davom etmoqda. Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari Farg‘ona garnizonidagi harbiy qismda “General va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Unda “Armiya vatanparvarlik va jasorat maktabi” shiori ostida tashkil etilgan “Jasorat maktabi” harbiy-vatanparvarlik yig‘ini ishtirokchilari, yoshlar hamda harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, general-mayor Oybek Saidov mamlakatimizda yoshlar bilan ishlashda yangi tizim yaratilganligini ta’kidlab, barkamol avlod vakillari doimo davlat e’tibordaligini aytdi. Samimiy muloqotda Qurolli Kuchlarimizda yoshlarga beriladigan imkoniyatlar va imtiyozlar, shuningdek, oliy harbiy bilim yurtlari hamda ularga kirish tartibi bo‘yicha yoshlar tomonidan ko‘plab savollar berildi. Bundan tashqari, ishtirokchilar tomonidan qo‘mondonning hayot yo‘liga qiziqish bildirildi. Harbiy orkestr jamoasi hamda xushovoz yosh xonandalar tomonidan diltortar qo‘shiqlar namoyish etildi.

Bir guruh faol yoshlarga okrug qo‘shinlari qo‘mondonining esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

M.Sulaymonov,

O‘zA