Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
General qozoq askarini “oddiy askar Arasha” deb atardi
19:35 / 2020-06-04

Fashizmga qarshi kurashda Gʻalabaning 75-yilligiga bagʻishlangantantanalar mamlakatimiz boʻylab, kamtaronaboʻlsada, hamma joylardaboʻlib oʻtdi.

Gʻalabaning 75-yilligiga bagʻishlanadi 

Fashizmga qarshi kurashda Gʻalabaning 75-yilligiga bagʻishlangantantanalar mamlakatimiz boʻylab, kamtaronaboʻlsada, hamma joylardaboʻlib oʻtdi. Bu koronavirusdan kasallangan bemorlar va vafot etganlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar frontdagi maʼlumotlarga oʻxshab ketadiganvaqtga toʻgʻri kelib qoldi. Urush qatashchilaridan biriningoʻgʻli sifatida men ham keksa avlod vakillariningbuyuk jasoratiniyoritishdek xayrli ishgaoʻz hisamni qoʻshishni oʻz burchim deb hisobladim.

Otam, Aynatdin Kamalov, 1926yilli Qozogʻistonning Qizil Oʻrdaviloyati Orol tumani Kulanda ovulida tugʻilgan. Dastlabki sovet yillaridabobomiz quloq qilingan, uningyilqilar uyuri va boshqa chorvalarinitortib olib, oʻzinihibsga olishgan, farzandlari esa,boquvchisiz vayashash vositalarisiz qolishgan.Tez oradajuda ogʻir xastalanib qolgan bobomniqamoqdan ozod qilishadi, biroq bobomning faqat uygacha yetib kelib, qadrdon goʻshasidavafot etishga yetadigan kuchi qolgan edi.

Shunday qilib otam shu tarzda sakkiz yoshida toʻla yetim qoladi, chunki bobomning dardiga kuyib, otamning onasi, ochlikdan – singillarivafot etadilar. Bobomning Amirismliakasi sakkiz yoshli bolakayni oʻz qaramogʻiga oladi. Ular Buxoroga koʻchib ketishadi, u yerda Amir otamadrasada tahsil olgan. Otamoʻn besh yoshidan boshlab kolxozdamehnat qila boshlagan, oʻn sakkiz yoshida esa, uni armiyaga chaqirishadi. 1944-yilda Buxoroning Kogon shahridanfrontga joʻnab ketadi. Bundan sal ilgariroq, 1942-yilning dekabr oyidabobomiz Kamolitdinning akasining yakkayu-yolgʻiz oʻgʻli serjant Amen Kamalovga qoraxat kelgan edi. U Qoraqalpogʻiston Respublikasidanharbiy xizmatga chaqirilgan, Pskovskiy viloyatining Velikiye Luki shahri ostonasida halok boʻlgan edi.

Otamning xotirlashicha, 1944-yil dekabr oyidaharbiy eshelon KogondanQizil tepatomon siljiganida uning vagonida boʻlgan 50 nafar askardan 37 nafari qolgan edi,13 nafar askar yoʻl davomida vagondansakrab qolishgan. Urushning dastlabki yillaridaqochoqlarniotib oʻldirishgan, urushning oxirgi yillarida ularga 10 yil qamoq jazosi berilgan.Urushdan qochish haqidagi fikr otamning hatto hayoliga ham kelmagandi, chunki uotasining halok boʻlganakasi uchun qasos olishni istardi.

Sovet armiyasi turli millat va xalq vakillaridan iborat boʻlgani bois,irqchilik boʻyicha har qanday kamsitishyoki haqoratlashlar oʻsha paytda, shavqatsizlarcha jazolanardi. Bir kuni otam askarlarqozonidan ovqat olishga kechikib keladi. Oshpaz“Ket yoʻqol, qora tayloq!” deb uni haydab yuboradi.

Front shtabidan kelgan general bu soʻzlarni eshitib qolib, shu onda toʻpponchani chiqaradi va oshpazni otib tashlashga shaylanadi.Ovuldan chiqqan qozoq askari bu gapning maʼnosini, hatto generalningxizmatdoshini nima sababdan otib tashlamoqchi ekaninitushunmaydi ham.Uularning orasiga tushib, onatilida: “Arasha! Arasha!” deb baqiradi.

Bundan hayron boʻlgan genaral atrofdagi ofitserlardan biridan: “Leytenant Multenov!Hamqishlogʻingmenga nima demoqchi?” deb soʻraydi.U “Arasha!” soʻzi(“Tarqalinglar!” degan maʼnoni bildiradi) qozoq xalqi odaticha, nizolashgan tomonlarni yarashtirishda qoʻllanishini tushuntirganda, generaljahldan tushadi. Toʻpponchani qiniga solib,oshpazga qarata: “Rangimiz va millatimizdan qatʼi nazar biz bitta sovetxalqimiz! Ana shundagina biz fashistlarni yengga olamiz. Bu qozoqni xafa qilma,usenihimoya qildi” deydi.

Otam urush haqida soʻzlab berishni yoqtirmas edi,biroq birinchi halok boʻlgan nemis askaributun umrida uning yodida saqlanib qolgan.U dushmanning qarshi hujumini qaytarish chogʻida fashistlarning oʻtkir qurollarini chetga surib qoʻyishga ulguradi, shundavermaxtning malla sochli askari okopga sakrab tushadi va miltiqning nayzasiga sanchilib qoladi.Yosh sovetaskari bir muddatoʻzini yoʻqotib qoʻyadi vanayzanidushman badanidanchiqarib olar ekan, biroz hayallab qoladi. 

Dushmanning ortidanyugurib kelgan askar otamga endinayzani sanchaman deb turganida,orqasidan otilgan avtomat oʻqidan yerga qulaydi. Shunda yoshgina leytenant, rus yigiti otamning yuziga bir tarsaki tushirib: “Ogʻzingni ochib oʻtirma askar! Qimirlasangchi! Yoʻqsa, seni oʻldirib ketishadiku!” deydi. Tarsakidan otam oʻziga keladi va nima uchun komandir vzvodi yigʻlab yuborganini keyin tushunib yetadi. U rus tilida qiynalib, undan xafa emasliginitushuntirishga harakat qiladi. Vzvodchitabassumqilgancha, yenggi bilankoʻz yoshlarini artar ekan, tilini tishlagancha shunday deydi: “Hali ona suti ogʻzidan ketmaganlar, sizlarniqayerlarga ham yuborishayapti a?!Siz haliyashashingiz kerak, sizni esa, yarim vzvodga joylashtirib tashlashgan!”

Urush oxirida sovet qoʻshinlarijuda shiddatli harakat qilishdi, baʼzanaskarlarningquruq payok bilan kun kechirgan holdajang qilgan paytlari boʻlgan. Ularning ustidan bomba yogʻdirmasliklari uchunkunduzlari uxlab,kechasi bilan 100-120 km piyodayurganlar. Yosh jangchilarkunduziuxlamas edilar, shu bois ular tunda yurgan hollarida uxlab borar va yoʻldagi simyogʻochlargaboshlarini urib olganlaridan uygʻonib ketar edilar.Ana shunda otamning xayoliga urushdan keyin haydovchi boʻlish fikri keladi.

Otam vzvod komandiri uning hayotini saqlabqolishning oʻziga xosusulini oʻylab topganinixotirlaydi.Bir kuni qonlijang oldidan uotamga batalyontibbiyot boʻlimiga yetkazib berish uchun bir hujjat beradi. Tibbiyot xodimlariga mayor mansabidagi bir ayol rahbarlik qilardi.U konvertdagi xatni oʻqigach, hamshiralarni chaqirtiradi va jangchinikoʻrikdan oʻtkazish uchunechinishga majbur qiladi.

Oddiy askar Kamalov xamshiralardan uyalganicha, yechinib, tibbiy tekshiruvdan oʻtishga majbur boʻladi. Tibbiy xizmat boshligʻi jiddiy nigohlari ostidabir nimalarni yozib,unga konvertnitopshiradi. U oʻshanda hech narsani tushunmagan edi. Faqat urush tugaganidan soʻngginatibbiyqismdagi oʻsha voqeaning mohiyatinianglab yetgan edi.

Birinchi batalyondushman okoplarigabirinchi boʻlibhujumga oʻtgan edi.Shu bois hamushbu batalyondayoʻqotishlar soni eng koʻp edi. Yosh vzvodchiaskarning shaxsiy kartochkasini koʻrib, jangchioilada yolgʻiz oʻgʻil ekani, buning ustiga yetim eekaniga eʼtibor qaratgan edi.

Taqdiruning hayotini jangda halok boʻlishidan saqlab qolgan edi.Masalan, Berlinga hujum qilishdan biroz oldin,otam oyogʻidan yaralanadi va Gʻalaba haqidagi xabarni ham gospitalda eshitadi.

Eshelonning Oʻzbekistonga yetib kelishi ham otamning xotirasida yaxshi saqlangan. Poytaxt vokzalida odamlar “Toshkent eng yaxshi oʻgʻil-qizlarinikutib oladi!” degan yozuvlar bilan poyezdni kutib olishga chiqishgan edi. Otamni Fargʻonadagi harbiy xizmatdan soʻng Termizdagi oʻquv boʻlinmasiga yuborishadi.

Bu yerda general-leytenant Marshalkov otamni oʻqishga va ofitser boʻlishga koʻndiradi.Oddiy askar Aynatdin Kamalov uning haydovchisi edi, shu bois, u unibilim yurtiga yubormoqchi boʻlgan. Biroq otam soʻroqsiz qochib ketadi va buning uchun harbiy sud tomonidan sud ham qilinadi. Oʻrtaga general tushib, otamga qarab shunday degan: “Sening hamma gunohlaringni kechiraman.Oʻrtoq Kamalov, nima gap? Men qozoqlarni yaxshi koʻraman.

Men sizlarning afsonaviy Baurjan Momishulilaringizga qoʻmondonlik qilganman. Xizmatni oʻta, Baurjanga oʻxshagaan boʻlasan”. Askargeneralning gaplarini eshitib, unga: “Vatanga boʻlgan muhabbat, ota uyidan boshlanadi. Oila qurib, farzandlarimnitarbiyalamoqchiman”, - deb javob qaytaradi. “Xizmatni oʻtab, ofitser unvoniniolish niyating yoʻqligini boshidan aytishing,Sovet armiyasida xizmat qilishni hohlamasligingni yozma ravishda bildirishing kerak edi. 

Axir xalqimizningqanchadan qancha eng zoʻr oʻgʻlonlaritinchlik yoʻlidajang maydonlarida oʻlib ketishdi!”, - deb xoʻrsinadi general va qoʻlini siltab: “Mayli,Vatangaqaytib, askar boʻlib xizmat qiling unda. Afsus, qozoqlar orasidanrus tilini biladigan va urushda sinalgan ofitserni yetishtirmoqchi edik. Siz boʻshsiz, bunga hali afsus qilasiz, biroq oʻshanda kech boʻladi”, - deydi.

Generalning soʻzlariga koʻra, u qozoqlarga nisbatan hurmati oʻzgacha boʻlgan, chunki Stalingrad ostonasidagi jangda yosh qozoqaskari dushman hujumidan yaralangan paytida uni jang maydonidan olibchiqqan ekan.

Otamolti yillik muddatli harbiy xizmatdan soʻng 1950-yil 10-martda armiyadan boʻshatiladi. 73-gvardiya oʻqchilar polkiiikkinchi Ukraina fronti tarkibida jang qilgan edi, otam UkrainaningTruskaves shahridagi kurortda sobiq xizmatdoshini uchratib qolgan. U nomsiz tepalik uchun kechgan jangda yaralangan edi. U otamdan: “Oʻshanda biz oʻsha tepalikni qoʻlga olgan edikmi, yoki yutqizganmidik?” deb soʻraydi. Qoʻlga oldik, degan javobni olgach, otamning yelkasiga qoqib: “Qoyil!” deydi.

Urush xarob qilgan iqtisodiyotni tiklashuchun juda koʻp qoʻllar kerak edi va otamtez orada “Jarqoʻrgʻonneft” neft-gaz qazib olishboshqarmasiga haydovchi boʻlib ishga joylashadi. U neftchilarni Jarqoʻrgʻondan avval Havdak,keyinchalik men tugʻilgan Lalmikorposyolkasiga olib borib qoʻyardi. Jarqoʻrgʻondagi qurilish konstruksiyalarikombinatidannafaqaga chiqqan.

Otam Surxandaryo viloyatining boʻz yerlari, Qiziriq va Bandixondaaynan uning kombinatidatayyorlanganbeton bloklardan koʻplab kottedjlar qurilganidan faxrlanardi. 2007-yil 8-dekabrda otam vafot etdi.

Prezidentimiztashabbusi bilanjoriy yildapoytaxtimizda “Gʻalaba bogʻi” bunyod etildi. Bu fashizm ustidan qozonilgan Gʻalabaning 75-yilligiga ajoyibtuhfa boʻldi. Arxiv maʼlumotlari fosh boʻldi,unga koʻra, Oʻzbekistondan urushga oldin hisoblangandan koʻra koʻproqaskar va ofitserlarjangga ketishgan.Toshkentga“ Front orqasidagi qahramon shahar” degan faxriyunvonning berilishi bejiz emas, zero evakuatsiya qilingan oila yuz minglab insonlarquyoshli Oʻzbekistondan boshpana topdilar. Sakkiz yoshida yetim qolgan va Oʻzbekiston xalqining bagʻrikengligi tufayli omon qolganotamning taqdiri hambuning yaqqol dalilidir.

Ablay KAMALOV,

harbiy jurnalist, isteʼfodagi podpolkovnik