Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
General Motors oʻpkaga sunʼiy havo berish apparatini ishlab chiqarishni boshlaydi
12:36 / 2020-03-28

AQSH prezidenti Donald Tramp General Motors kompaniyasiga oʻpkaga sunʼiy havo berish apparatlarini ishlab chiqarish yuzasidan koʻrsatmani imzoladi.

AQSH prezidenti Donald Tramp General Motors kompaniyasiga oʻpkaga sunʼiy havo berish apparatlarini ishlab chiqarish yuzasidan koʻrsatmani imzoladi.

“Vazir (sogʻliqni saqlash) oʻzining vakolati boʻyicha qonunga muvofiq General Motors kompaniyasidan apparatlarni kerakli miqdorda ishlab chiqarish boʻyicha shartnoma tuzish va buyurtmalarni bajarishni talab qilishi kerak”, - deyiladi Oq uy matbuot xizmati tarqatgan hujjatda.

Ushbu mudofaa ishlab chiqarishi haqidagi qonun 1951-yilda qabul qilingan. U hokimiyatning milliy mudofaaga zarur hisoblangan tovarlarni ishlab chiqarish uchun xususiy sektor ustidan vakolatini kengaytirishni nazarda tutadi.

Bundan avval Tramp ushbu kompaniya avval tez fursatda 40 mingta apparat ishlab chiqarishi haqida vaʼda berib, endi esa, aprel oyining oxirigacha faqat 6 mingta apparat tayyorlay olishi haqidagi bergan maʼumotini keskin tanqid qilgandi.

Prezident ushbu maxsus bayonotida General Motorsni tanqid qilib, qabul qilingan qaror amerikaliklarning hayotini saqlab qoladigan ushbu sunʼiy havo berish apparatlarini ishlab chiqarishni tezlik bilan yoʻlga qoʻyishga yordam beradi" dedi.

“Bizning GM kompaniyasi bilan muzokaramiz samarali kechdi, ammo virus bilan kurashishni orqaga surib boʻlmaydi, GM esa vaqtni behuda ketkazdi”, - taʼkidladi davlat rahbari.

Jons Xopkins Universiteti maʼlumotiga koʻra, AQSHda koronavirusga chalinganlar soni 100 ming kishiga yetgan, qariyb 1500 kishi vafot etgan.