“16 kunlik faollik” kampaniyasi arafasida gender tengligini ilgari surishda erkaklar va o‘g‘il bolalarni jalb etish bo‘yicha BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) sa’y-harakatlarni kuchaytirmoqda.
BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan hamkorlikda mamlakatimizda joriy yilda gender tengligi g‘oyalarini ilgari surishga erkaklar va o‘g‘il bolalarni jalb etish bo‘yicha ishlarini dunyo miqyosida tan olingan “MenEngage” tashabbusi doirasida davom ettirmoqda.
Mazkur dolzarb mavzu yuzasidan poytaxtimizda seminar-trening tashkil etildi. Uch kunlik trening mamlakatimizda avval amalga oshirilgan tashabbuslarga tayanadi hamda Markaziy Osiyo mutaxassislarining tajribasini jalb etgan holda bilim almashuvini yo‘lga qo‘yadi.

Shuningdek, seminar-trening mahalliy salohiyatni mustahkamlaydi va global dalillar hamda mahalliy tajribaga asoslangan amaliyotlarni ilgari suradi.

– Ushbu trening — gender tengligiga erishishda erkaklar va o‘g‘il bolalarni hamkor sifatida jalb etish yo‘lida UNFPAning izchil majburiyatlari bir qismi, — dedi UNFPAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakili o‘rinbosari Matluba Umurzoqova. – Ko‘nikmalarni rivojlantirib, tajriba almashib hamkorlikda ishlaymiz.

Aytish kerakki, ushbu tashabbus qator milliy hamkorlarning kuchli qo‘llab-quvvatlashi bilan amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, “Yuksalish” harakati va Yoshlar ishlari agentligi mazkur dolzarb seminar hamkorlari. Ularning hamkorligi mamlakat miqyosida gender tengligini ilgari surishga bo‘lgan umumiy bag‘rikenglikni namoyon etadi, ishni jamoalarga yaqinlashtiradi, yoshlarni faol ishtirokka ilhomlantiradi va butun mamlakat bo‘ylab zo‘ravonlikning oldini olish hamda tenglikni rivojlantirishga qaratilgan birlashgan harakatlarni mustahkamlaydi.

Treningda 30 nafar ishtirokchi gender tengligi yo‘lida erkaklar va o‘g‘il bolalarni jalb etish bo‘yicha o‘zaro o‘rganish va amaliy ko‘nikmalarni chuqurlashtirmoqda.
Erkaklar va o‘g‘il bolalarni jalb etish — zo‘ravonlikni kamaytirish, hurmatga asoslangan munosabatlarni mustahkamlash va oila hamda jamoalar farovonligini oshirishning isbotlangan yo‘li.

Ushbu trening muloqotni amaliy harakatga aylantiradi – jamoaviy muloqotni kuchaytirishga imkon beruvchi shaxslarga zararli me’yorlarni shubha ostiga olish, jabrlanuvchilarning xizmatlarga yetib borish yo‘llarini qo‘llab-quvvatlash va uy hamda jamoalarni yanada xavfsiz qiladigan kundalik xulq-atvorlarni targ‘ib qilishga yordam beradi.
N.Usmonova,
O‘zA muxbiri