FOTOREPORTAJ
Buxoroda Yevropa Ittifoqi moliyalashtirayotgan “Markaziy Osiyoda chegaralarni boshqarishga ko‘maklashish dasturi” (BOMCA) doirasida “Ayollar Markaziy Osiyoning chegarabo‘yi hududlarini rivojlantirish uchun” mavzuida hududiy seminar o‘tkazildi. Tashabbus gender tenglikni ta’minlash va hududning davlat tuzilmalarida ayollarning rolini kuchaytirishga yo‘naltirilgan.
Ishtirokchilar kasbiy va shaxslararo ko‘nikmalarni rivojlantirish, ish joyida gender muammolarni hal qilish va chegarabo‘yi hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan sessiyalarda faol ishtirok etdi. Tadbir shuningdek, chegarabo‘yi hamjamiyatlarida ishlayotgan ayollar o‘rtasida o‘zaro aloqalarni o‘rnatish va eng yaxshi amaliyotlarni o‘zaro almashish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.
[gallery-22109]
– Ushbu seminar butun mintaqadan kelgan hamkasblar bilan muloqot qilish, tajriba almashish va kasbiy vazifalar yechimini topish uchun yaxshi imkoniyat bo‘ldi, - deydi ishtirokchi Mehriniso Husainova.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA