English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gender tenglikni rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslar amalga oshiriladi
17:08 / 2025-12-11

Oliy Majlis Senatiga “BMT-ayollar” tuzilmasining Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori Belen Sans Luke tashrif buyurdi.

Senat Raisi Tanzila Norboyeva bilan uchrashuvda O‘zbekistonning «BMT-ayollar» tuzilmasi bilan hamkorligi, shuningdek, O‘zbekistonda gender tenglikni ta’minlash hamda xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha keyingi qadamlar muhokama qilindi.

Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani qayd etildi. Barcha sohalarda gender tenglikni ta’minlash borasida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan tizimli ishlar muhokama qilindi. Jumladan, sud-huquq sohasida ham ayollar faolligini oshirish, gender tenglikni ta’minlashda faol bo‘lgan tashkilot va idoralarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv chog‘ida sheriklikni mustahkamlash va qo‘shma loyihalarni kengaytirishda muhim qadam bo‘lgan Toshkent shahrida «BMT-ayollar» tuzilmasi ofisining ochilishiga yuqori baho berildi.

BMT Xotin-qizlar maqomi bo‘yicha komissiyasining 70-sessiyasida ishtirok etish, shuningdek Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqotida hamkorlik qilish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yanada mustahkamlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va gender tenglikni rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga kelishib oldi.  

N.Abduraimova, O‘zA