English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gender tenglik mavzusida o‘quv-seminar
16:14 / 2025-06-17

O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan davlat organlari, korxona, tashkilot va muassasalardagi maslahat-kengash organlari vakillari uchun o‘quv- seminar tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining majlislar zalida bo‘lib o‘tgan tadbirda xotin-qizlarning gender tengligi masalalari muhokama mavzusi bo‘ldi.  

Videokonferensiya tarzida o‘tkazilgan seminarda Bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z.Mahkamova, Bojxona qo‘mitasi raisi A.Mavlonov, respublikaning barcha vazirlik va idoralari hamda tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan maslahat-kengash organlarining mas’ullari hamda qo‘mita shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Bosh vazir o‘rinbosari Z. Mahkamova har bir mehnat jamoasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni yaratish, ularning mehnat huquqlarini himoya qilish, mehnatiga munosib haq to‘lash, rag‘batlantirish, rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish, jinsi bo‘yicha bevosita yoki bilvosita kamsitilishni bartaraf etishda ko‘maklashish har bir davlat idorasidagi maslahat-kengash organlari faoliyatining asosiy maqsadi ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Shu kunga qadar idora va tashkilotlarning tizim tashkilotlarida 155 ta maslahat- kengash faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Mamlakatimizning gender tenglik sohasidagi erishgan yutuqlari xalqaro darajada ham munosib e’tirof etilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston 2024 yilda gender tenglik va boshqaruv indeksi bo‘yicha 72,8 ball to‘plab, 103-o‘rindan 51 pog‘onaga yuqori ko‘tarilib, 52-o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldi.  Bu indeks 158 ta mamlakatni qamrab olib, gender tenglikka erishish yo‘lida yutuq va kamchiliklarni aniqlash imkonini beradi.  

O‘zbekistonning ushbu yutuqlariga asos bo‘lgan muhim islohotlar xotin-qizlarni IT va STEM sohalariga faol jalb etish, qizlar uchun raqamli ko‘nikmalar bo‘yicha ta’lim dasturlarining ishga tushirilishi, ayollar huquqlarini himoya qilish va gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlardir.

Seminarda mutaxassislar tomonidan  “Genderga yo‘naltirilgan byudjetlashtirishni joriy etishning istiqbollari”, “Maslahat kengash-organlari: tajriba va amaliyot”, “Genderga oid auditni o‘tkazish natijalari va xulosalar”, “Genderga oid xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekistonning o‘rnini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar” mavzularida ma’ruzalar qilindi.

Nilufar Bozorova, O‘zA