Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gender tenglik madaniyatini rivojlantirish: oilaviy qadriyatlar, ta’lim siyosati va ijtimoiy ong transformatsiyasi
15:59 / 2026-02-11

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida 11 fevral — “Ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan “Gender tenglik madaniyatini rivojlantirish: oilaviy qadriyatlar, ta’lim siyosati va ijtimoiy ong transformatsiyasi” mavzusida VI xalqaro konferensiya tashkil etildi.

Anjumanda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, olimlar, professor-o‘qituvchilar, xalqaro ekspertlar, NNT vakillari hamda talabalar ishtirok etdi. Konferensiya doirasida xotin-qizlarning ilm-fan va ta’lim sohasidagi faolligini oshirish, gender tenglikni ta’lim tizimiga joriy etish, zamonaviy ta’lim siyosatini takomillashtirish va ijtimoiy ongni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Oliy Majlis Senati huzuridagi tegishli qo‘mita, “Milliy tiklanish” DP Markaziy Kengashi, BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA)ning O‘zbekistondagi vakillari hamda soha mutaxassislari faol ishtirok etdi.

Yakunda gender siyosatini yanada rivojlantirish, xotin-qizlar huquq va manfaatlarini himoya qilish, ular uchun ta’lim va ilmiy faoliyatda keng imkoniyatlar yaratish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.

Mohigul Qosimova, O‘zA