Har bir xalqning ma’naviy taraqqiyoti uning ayolga bo‘lgan munosabati bilan belgilanadi.
Vilgelm fon Gumboldt
bugungi kunda gender tenglik jamiyat hayotining muhim tarkibiy qismlaridan biridir.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi sudyalar oliy kengashi huzuridagi sudyalar oliy maktabi va USAID xalqaro tashkiloti hamkorligida Toshkent viloyati Parkent tumanida «Sud tizimida gender yondashuvi bo‘yicha trenerlar tayyorlash treningi» o‘tkazildi.
Tadbir Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi va USAID xalqaro tashkiloti hamkorlikda tashkil etildi. Unda Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi o‘qituvchilari va USAID xalqaro tashkiloti rahbari Feyaxonim ishtirok etdi.
Trening O‘zbekistonda sud tizimida gender yondashuvi, gender tengligi va ayollarning huquq va imkoniyatlarini muhokama qilish, shuningdek, sudyalardan mazkur mavzuda trenerlar tayyorlash va gender tenglik masalalari bo‘yicha xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan.
Unda zo‘ravonlik va uning turlari, genderga oid konseptual muammolar, O‘zbekiston Respublikasi «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunning mohiyati, davlat va jamiyat hayotida ayollarga nisbatan jins bo‘yicha kamsitilish holatining tahlili xotin-qizlarni kompleks qo‘llab-quvvatlash vazifalari ham ko‘rib chiqildi.
Uch kun davom etgan trening juda qiziqarli va ma’lumotlarga boy bo‘lib o‘tdi.
Trenerlar Nigar Gapparova (gender tengligi, ijtimoiy-iqtisodiy tahlil bo‘yicha mutaxassis) va Alisher Islomov (kattalarni o‘qitish bo‘yicha mutaxassis, andragog, biznes trener) qiziqarli mavzular, mashqlar va taqdimotlar tayyorlash bo‘yicha biz sudyalar bilan o‘z bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
M.Umarova, Fuqarolik ishlari bo‘yicha
Rishton tumanlararo sudining sudyasi