French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Gender tenglik faoli” milliy tanlovi g‘oliblari
13:35 / 2024-11-02

An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Gender tenglik faoli” milliy tanlovining Sirdaryo viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi.

Sirdaryo IES  “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol davlat tashkiloi", Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol hududiy davlat organi”, Sirdaryo tumani hokimligi “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol hokimlik”, Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol NNT”, “WANG DA GROUP” qo‘shma korxonasi “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol tadbirkorlik sub’ekti”, “Sirdaryo” telekanali “Diyor yangiliklari“ dasturi "Gender tenglikni targ‘ib qilishda eng yaxshi TV-dastur”, “Yangi Sirdaryo” gazetasi “Gender tenglikni targ‘ib qilishda eng yaxshi nashr”  nominatsiyalari bo‘yicha g‘olib deb e’tirof etildi.  

—«Gender tenglik faoli» milliy tanlovi chin ma’noda aytganda, xotin-qizlarning faolligini oshirishga, ularning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalar olishi hamda bandligini ta’minlashga ko‘maklashishga, tadbirkorlik va boshqa tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga, ayolning chinakam baxtli yashashi, intellektual va ma’naviy jihatdan yuksalishiga qaratilgan muhim tanlov bo‘ldi,—deydi “Gender tenglikni targ‘ib qilishda eng yaxshi TV-dastur” nominatsiyasi g‘olibi, Sirdaryo teleradio kampaniyasi muxbiri Muqaddas Hakimova.—Ushbu tanlovning viloyat bosqichida Sirdaryo teleradio kompaniyasi, uning “Sirdaryo” telekanali “Diyor yangiliklari” ko‘rsatuvi xodimlari xizmati e’tirof etilgani  nafaqat menga, barcha sirdaryolik ijodkorlarga kuch-shijoat bag‘ishladi.

G‘oliblar va ishtirokchilarga “Gender tenglik faoli” milliy tanlovi hay’atining diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri