Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gender tenglik: Ayol sudyalar soni ko‘paytirilishi zarur
18:00 / 2023-01-26

Sudyalar orasida xotin-qizlarning soni ortishi ijtimoiy munosabatlarga ayol nuqtai nazaridan qarash va baho berishga imkoniyat yaratadi. Bu esa jamiyatda ijtimoiy adolat ta’minlanishiga xizmat qiladi.

Sud tizimida ayni paytda 179 nafar ayol sudya faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu umumiy sudyalarning qariyb 14 foizini tashkil etadi. Ularning 25 nafari rahbarlik lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda.  

Sudyalar oliy kengashida Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi bilan hamkorlikda gender strategiyasining ahamiyati, sud tizimida bu borada amalga oshirilayotgan ishlar hamda istiqboldagi rejalarga bag‘ishlagan davra suhbatida shu haqda so‘z yuritildi.  

Tadbirda jamiyat taraqqiyotida azaldan xotin-qizlar munosib o‘rin egallab kelayotgani qayd etildi. Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining hozirgi bosqichida gender tengligi masalasi, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini yanada oshirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangan. Bu borada qator huquqiy hujjatlar qabul qilindi.  

Xalqaro ekspertlar xulosasiga ko‘ra, qayerdaki siyosiy va ijtimoiy hayotda xotin-qizlar faol ishtirok etayotgan bo‘lsa, o‘sha joyda rivojlanish, barqarorlik kuzatilmoqda.  

Shu bois ham jamiyatimizda xotin-qizlarning o‘rni va roli oshirilmoqda.Tadbirda sud tizimida ayollar ulushini yanada ko‘paytirish zarurligi, e’tibor qaratilishi kerak bo‘lgan boshqa masalalar xususida mulohazalar bildirildi.  

 O‘zA