Gender tengligi va korporativ madaniyat bo‘yicha davra suhbati
Agrobankda ayol xodimlar ishtirokida “Gender tengligi– korporativ madaniyatning ajralmas qismi” mavzusida davra suhbati va trening tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi Loyiha ofisi rahbari, gender masalalari va davlat boshqaruvi bo‘yicha ekspert Aziza Umarova qatnashdi.
Ma’ruzachi ayollar salomatligi, kasalliklarning oldini olish, jamiyatda gender tengligini ta’minlashda xotin-qizlarning o‘rni va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida fikr bildirdi.
Shuningdek, oila psixologiyasi bo‘yicha mutaxassis Hurriyat Rahmatullayeva ham ishtirok etdi. U ayollarning ruhiy salomatligi, oilaviy muvozanatni saqlash va psixologik barqarorlikni mustahkamlash borasida tavsiyalar berdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar mutaxassislardan o‘zlarni qiziqtirgan savollarga javob oldilar.