Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Geksakopter sinovdan o‘tkazildi
10:15 / 2025-12-18

Xitoy aviatsiya sanoati korporatsiyasi (AVIC) og‘ir toifadagi AR-E800 geksakopterini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. “China Army” xabariga ko‘ra, sinov parvozi Szyansi provinsiyasidagi “Szindechjen” aeroportida bo‘lib o‘tgan.

Umumiy og‘irligi 800 kilogramm bo‘lgan olti rotorli uchuvchisiz apparat 4 daqiqa davomida havoga ko‘tarilish, muallaq turish, turli harakatlarni bajarish va belgilangan nuqtaga aniq qo‘nish vazifalarini bajargan. AR-E800  ichki bo‘limi yoki tashqi osmasi orqali 300 kilogrammgacha yuk tashish imkoniyatiga ega.  

Mazkur geksakopter, asosan, tog‘li va yetib borish qiyin hududlarga uskuna, texnika hamda qurol-aslahani tezkor yetkazib berish uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, u favqulodda vaziyatlarda logistika va ta’minot ishlarida ham qo‘llanishi mumkin.  

AR-E800  ilk bor 2025 yil sentyabr oyida Szyansi shahrida bo‘lib o‘tgan 7-xalqaro vertolyot ko‘rgazmasida namoyish etilgan. AVIC ma’lumotiga ko‘ra, ko‘rgazma vaqtiga kelib ushbu model bo‘yicha 160 ta tasdiqlangan va dastlabki buyurtmalar mavjud bo‘lgan bo‘lib, bu unga bo‘lgan yuqori qiziqishni ko‘rsatadi.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/vrDkisOl300?si=6EpLLOItNMn7CGwo" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Madinabonu Nasriyeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA