Falastinga yuk kirishi to‘xtatilgach, kecha yordam olib ketayotgan mashinalar Misrga qaytarildi, deb yozdi “Euronews” nashri.
Isroil agar AQSH, Qatar va Misr vositachiligidagi mo‘rt sulh uzaytirilmasa, XAMAS uchun “qo‘shimcha oqibatlar” kelib chiqishi mumkinligidan ogohlantirgani uchun keskin tanqidga uchradi.
Ayni payt Qohira va Doha Isroilni ochlikdan qurol sifatida foydalanib, insonparvarlik qonunini buzganlikda ayblab chiqdi. Misr tashqi ishlar vaziri Badr Abdulattiy barcha tomonlarni kelishuvni yakuniga yetkazish va 19 yanvarda kuchga kirgan kelishuvni hurmat qilishga chaqirdi. Uch bo‘limdan iborat bitimning birinchi bosqichi bir necha kun oldin tugadi. Afsuski, tomonlar ikkinchi bosqich bo‘yicha kelishuvga erisha olmagan.
– Ikkinchi bosqichda har bir tomon o‘z majburiyatini bajarishi kerak, – dedi Abdulattiy. – Uzluksiz yordam ko‘zda tutiladigan kelishuvga erishilishi zarur. Jamoaviy jazo va ochlikdan raqobat yo‘lida foydalanilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan bu holat xalqaro va gumanitar huquq qo‘pol buzilishini anglatadi.