Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘azodagi sog‘liqni saqlash markazlariga 350 marta hujum qilingan
23:37 / 2024-02-12

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti G‘azoga qarshi davom etayotgan urush kasalxonalar, tibbiy xodimlar va shifoxonalardan boshpana topganlarni ayamaganini aytib, Isroil tomonidan amalga oshirilgan 350 dan ortiq hujum hujjatlashtirilganini ta’kidladi.

JSST vakili Toriq Yasarevich so‘zlariga ko‘ra, uch oydan beri davom etayotgan sog‘liqni saqlash muassasalari, tibbiyot majmualari va kasalxonalarni nishonga olgan hujumi natijasida 645 falastinlik shahid bo‘ldi, 818 nafari yaralandi.

Shu nuqtai nazardan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi G‘azo janubida joylashgan  Xon-Yunisdagi Nosir tibbiyot majmuasi yaqinida snayper otishmasi davom etayotgani haqida xabar borligini ta’kidladi. Oqibatda bir hamshira jarrohlik xonasida shahid bo‘lgan, yana biri og‘ir yaralangani haqida ma’lumot taqdim etgan.