G‘azodagi qurbonlari soni 55 mingdan oshdi
Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlarida halok bo‘lgan falastinliklar soni 55 ming nafardan oshdi. Bu haqda “IRNA” axborot agentligi yozmoqda.
So‘nggi 24 soat ichida rejimning davomli bombardimonlari oqibatida 123 kishi halok bo‘lgan va 474 kishi jarohatlangan.

Shuningdek, kunning birinchi yarmida gumanitar yordam olishga urinish chog‘ida 57 nafar falastinlik nobud bo‘lgan va 363 nafari yaralangan.
Vazirlik G‘azoda gumanitar sharoitlarning yomonlashuvidan xavotir bildirdi va ko‘plab qurbonlarning vayronalar ostida qolib ketayotgani, shuningdek, davom etayotgan havo hujumlari tufayli favqulodda vaziyatlar hamda fuqarolik mudofaa guruhlari u yerga yetib bora olmayotganini qayd etdi.
Musulmon Ziyo, O‘zA