G‘azodagi maktabga hujum natijasida 20 dan ko‘p odam halok bo‘ldi
"Al Jazeera" xabar berishicha, Isroil G‘azodagi maktab binosiga bomba tashlashi oqibatida 20 dan ziyod inson hayotdan ko‘z yumdi, 30 kishi jarohat oldi.
Manbaga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida 13 o‘smir, 6 nafar ayol bor.
Avvalroq "Ma’n" agentligiga “yuzlab qochqinlar bo‘lgan” ko‘chirilganlar markazi bombalangani haqida yozgan edi. Falastinlik shifokorlar yaradorlarning bir qismi mahalliy kasalxonalarga yetkazilgani, biroq ko‘chalar vayron bo‘lgani uchun tez yordam mashinalari markaz joylashgan hududga yetib borolmayotganini ta’kidlagan.
G‘azo Sog‘liqni saqlash idorasi bayonotida so‘nggi uch kun ichida anklavning turli hududlarida Isroil kuchlari havo hujumi va bombardimoni natijasida 119 kishi halok bo‘lgani, 200 dan ortiq odam jabrlangani qayd etilgan.