Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘azoda yana 24 kishi halok bo‘ldi
12:30 / 2025-05-26

Kecha tunda uyushtirilgan havo hujumi natijasida kamida 24 nafar falastinlik hayotdan ko‘z yumdi, deb yozgan BBC. Bu gal G‘azo markazidagi ko‘chirilgan oilalar boshpana topgan maktab nishonga olingan.

Fuqaro mudofaasi agentligi ma’lumotiga ko‘ra, bino ichidan 20 nafar, jumladan bolalar jasadi ham topilgan. Marhumlarning ko‘pchiligi butunlay yonib ketgan.

Halok bo‘lganlar orasida XAMAS politsiyasining G‘azo shimolidagi tergov bo‘limi boshlig‘i Muhammad Al-Kasi, uning rafiqasi va bolalari ham bor.

Avvalroq falastinlik shifokorning uyiga yo‘naltirilgan hujum oqibatida oilaning 10 farzandidan to‘qqiz nafari qurbon berilgan edi.

Kecha 20 mamlakat va tashkilot vakillari Madridda G‘azodagi urushni tugatish masalasini muhokama qilish uchun yig‘ildi. Ispaniya tashqi ishlar vaziri Xose Manuel Albares dunyo jamoatchiligini agar harbiy harakatni to‘xtatmasa, Isroilga nisbatan qurol embargosi joriy etishga chaqirdi.

Musulmon Ziyo, O‘zA