G‘azo shimolida bu yilgi Ramazon oyining birinchi iftorligi xarobalar orasida o‘tkazildi. Bu haqda "Anadolu" ma’lum qildi.
Falastinliklar muqaddas oyga misli ko‘rilmagan qiyin sharoitida yetib kelishdi.15 oydan ko‘p davom etgan hujum natijasida minglab uy vayronaga aylangan, ko‘pchilik yashash joyini tashlab ketishga majbur bo‘lgan.
Markaziy statistika byurosi (PCBS) ma’lumotiga ko‘ra, Hududda 300 000 dan ortiq bino qisman yoki to‘liq vayron etilgan. 60 368 turar-joy, 823 masjid, 3 cherkov, 136 ta’lim muassasasi, jumladan universitet binosi butunlay xarob bo‘lgan, yana 355 turli inshoot qulagan.
G‘azo shahrining Ash-Shujayya mahallasida yuzlab aholi xarobalar orasida yozilgan uzun dasturxon atrofida Ramazonning ilk iftoriga to‘plandi. Ular mislsiz azob-uqubatga qaramay, birdamlik va hamjihatlik ruhini namoyon etdi. Atrof chiroq, gulchambar va Falastin bayroqlari bilan bezatildi.
Uyini yo‘qotganlar yarim-yorti binolar tagida kamtarona taom bilan qanoatlandi.
Xuddi shunday manzara sektor janubida ham hukmron. Xon Yunus shahrida oziq-ovqat tanqisligi va qiyinchilikka qaramay, odamlar birga tanovul qilishdi. Bir guruh ko‘ngillilar ro‘zadorlarga suv va xurmo tarqatdi.
Rafohda ham Ramazon oyining birinchi oqshomi to‘kilgan uylar orasida uyushtirilgan ommaviy iftorlik bilan kutib olindi.
M.Pirmatova, O‘zA