French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘azoda urush boshlangandan buyon kamida 710 chaqaloq nobud bo‘lgan
00:50 / 2024-09-18

Qamalda qolgan G‘azo sektorida jami 710 nafar yoshiga yetmagan chaqaloq halok bo‘lgan. Ushbu ma’lumot sektor Sog‘liqni saqlash idorasi tomonidan 2023 yil 7 oktyabrdan 2024 yil 31 avgustgacha hududda qurbon berilgan 34 344 falastinlik, jumladan 11 983 nafar voyaga yetmaganlarning ismlari ko‘rsatilgan ro‘yxatga tegishli. Hozirgacha anklavda halok bo‘lgan 6297 ayolning shaxsi aniqlangan.

Hayotdan ko‘z yumgan falastinliklarning 60 foizi ayollar, bolalar va qariyalar ekani qayd etilgan. Mazkur ro‘yxatda 60 yoshdan oshgan 2734 kishining ism-sharifi bor.

Ko‘plab jasad bomba ostida qolmoqda yoki turli to‘siqlar tufayli marhumlarni dafn qilishning iloji yo‘q. Sog‘liqni saqlash idorasi faqat o‘likxonaga olib borilgan jasadni ro‘yxatga oladi. Afsuski, minglab insonlar jonsiz tanasi vayron bo‘lgan binolar tagida qolgan yoki deformatsiyaga uchragan.