G‘azoda tirik qolishga urinayotganlar
Falastin qutqaruv guruhi G‘azo aholisi hayotini muhofaza qilish uchun zudlik bilan chora ko‘rishga chaqirmoqda. Xususan, Fuqaro mudofaasi Favqulodda qutqaruv tashkiloti a’zosi Mahmud Basal o‘n minglab G‘azolik hozir ochiq havoda yashab, asosiy boshpana va zaruriy ashyolardan mahrumligi, ularning hayotini saqlab qolish uchun yordamni tezlashtirish va ko‘paytirish zarurligini ta’kidladi. Bu haqda “IRNA news” yozgan.
“Shehab” axborot agentligi xabariga ko‘ra, sektorda harorat pasayib borayotgani tufayli chodirlarda, vayron bo‘lgan binolarda yashayotgan yuz minglab odam aziyat chekmoqda. Bundan tashqari hali portlamagan juda ko‘p o‘q-dori ko‘chalar, vayronalar bo‘ylab yoyilib yotibdi. Bu G‘azo fuqarolari hayotini xavf ostida qoldiradi.