Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘azoda tinchlik o‘rnatish rejasi buzilyapti (+video)
17:23 / 2025-10-20

Isroil G‘azo sektoriga insonparvarlik yordami olib kiradigan 600 yuk mashinasidan faqat 300tasini kiritishga ruxsat beryapti. Bu harakat HAMAS garovdagi halok bo‘lganlar jasadini qaytarmaganiga sabab sifatida ko‘rsatilyapti. Bu haqda evronews yozgan.

Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatish jarayoni boshlangach, YeI hududida Isroilga qarshi sanksiya kiritish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlovchilar kamaydi. Yevropa ommaviy axborot vositalari Bryusseldagi manbalarga tayangan holda xabar berishicha, bugungi kunda Yevrokomissiyaning sanksiya bo‘yicha taklifi a’zo davlatlar orasida qo‘llab-quvvatlanishi ehtimoli juda kam. Shunga qaramasdan, YeI byurokratik to‘siqlar mavjudligi sabab, Tel-Avivdan G‘azo sektoriga gumanitar yordam olib kirish jarayonini yengillashtirishni so‘rayapti. 

Avvalroq Isroil tomoni sektorga kuniga faqat 300 ta gumanitar yuk mashinasi kiritilishini ma’lum qildi. Bu Trampning tinchlik rejasida belgilangan miqdorning teng yarmi. Isroil hukumati ayni qaror HAMAS harakati tinchlik kelishuvida belgilangan shart, ya’ni garovda halok bo‘lganlar jasadi qaytarilishini buzgani bilan bog‘liq, deya tushuntirgan. 

Bugungi kunda tinchlik kelishuviga erishilgan bo‘lsa-da, tomonlar bir-birini belgilangan shartlarni bajarmaslikda ayblayapti. Qo‘yilayotgan to‘siqlardan tashqari G‘azoga insonparvarlik yordami yetkazishning boshqa muammoli tomonlari ham mavjud. Masalan, zarur ko‘mak uchun mablag‘ yetarli emas, infratuzilma vayron bo‘lgan, yordam karvonlari xodimlari harakati uchun hamon xavf mavjud. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/UYyqwqAzzrg" title="G‘azoda tinchlik o‘rnatish rejasi buzilyapti" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Kenja Bekjonov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA