Buyuk Britaniyaning “Financial Times” nashri ta’kidlashicha, qurollangan guruh G‘azo shimolida joylashgan bankdan kamida 120 million dollarni o‘g‘irlab ketgan.
– Qurollangan talonchilar, jumladan XAMAS harakati tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan guruhlar so‘nggi ikki oy ichida G‘azo sektoridagi bankdan kamida 120 million dollar o‘g‘irlagan, – deb yozgan nashr BMT ma’lumotiga tayanib.
Eng yirik o‘g‘irlik 17 va 18 aprelda, Falastinning yirik banki talab ketilishidan xavotir olib, omborni betonlab tashlagandan keyin amalga oshirilgan. Afsuski, ushbu chora ish bermagan. Guvohlar xabar berishicha, pul saqlanayotgan omborda kuchli portlash ovozi eshitilgan. Shundan keyin pullar havoga sochilganini ham ko‘rishgan. Bank ma’lumotiga ko‘ra, talonchilar taxminan 31 million dollarni o‘marishga muvaffaq bo‘lgan.
Xabarda ta’kidlanishicha, ikki oy mobaynida qurolli guruhlar bankda saqlanayotgan naqd ko‘rinishdagi mablag‘ning kamida uchdan birini o‘g‘irlagan. Taxminan 240 million dollar saqlab qolingan.