English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘azoda o‘ldirilgan jurnalistlar soni 196 nafarga yetdi
11:49 / 2024-12-16

– Isroilning G‘azo sektoridagi harbiy harakatlari natijasida halok bo‘lgan jurnalistlar soni 196 nafarga yetdi, -deyiladi Falastin hukumati matbuot xizmati xabarida.

Bayonotga ko‘ra, yaqindagina “Al Jazeera” teleoperatori Ahmad al-Lauh Isroilning Nusayrat qochqinlar lageriga navbatdagi hujumi chog‘ida halok bo‘lgan. 

Falastin hukumati ommaviy axborot vositalari xodimlarining xalqaro huquq va gumanitar konvensiyalarga muvofiq o‘z kasbiy burchlarini bajarishlari uchun shart-sharoitlarni ta’minlash muhimligini ta’kidlamoqda. Shuningdek, xalqaro hamjamiyat G‘azo sektorida jurnalistlarga qilingan hujumlarni e’tiborsiz qoldirganini qoraladi. 

Qayd etilishicha, Lauhning o‘ldirilishi uchun javobgarlik birinchi navbatda Isroil, shuningdek, AQSH va genotsid jinoyatlariga sherik bo‘lgan Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya kabi davlatlar zimmasiga tushadi. Matbuot xizmati xalqaro hamjamiyat va jurnalistik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tuzilmalarni sodir etilgan jinoyatlar uchun Isroilga qarshi xalqaro sudlarga da’vo arizasi berishga chaqirdi. 

Kecha Falastin OAV assotsiatsiyasi Livan “Al-Mashhad” telekanalining G‘azodagi muxbiri Muhammad Baluche Isroil askarlarining navbatdagi hujumi chog‘ida halok bo‘lganini ma’lum qildi. 

G.Sattorova, O‘zA