BMT Bosh kotibining gumanitar masala bo‘yicha o‘rinbosari Martin Griffits “Financial Times” gazetasiga intervyu berib, “G‘azo sektorida kechayotgan urushda javobgarlikni his qilmaslik avj olayotgani, ayni holat, ayniqsa, gumanitar missiya xodimlari halok bo‘lishi bilan bog‘liq vaziyatda yaqqol namoyon bo‘layotganini ta’kidladi va bu borada maxsus tribunal tashkil etish zarurligi haqida bayonot berdi.
– Hech bir urushda jazolanmaslik hissi bu darajada kuchli namoyon bo‘lmagan, – dedi Griffits. – Ayniqsa, gumanitar tashkilot vakillarini o‘ldirganlik uchun jazolanmaslik holati hech qachon bu darajada kuchaymagan... Javobgarlikni his qilmaslik bu urushda avj olayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. Javobgarlikka tortishning eng maqbul tajribasi, ehtimol, maxsus tribunal tashkil etishdir.
Isroil harbiy harakat boshlagandan buyon G‘azo sektorida halok bo‘lganlar soni 18,7 ming kishidan oshdi, 50 mingdan ziyod odam jarohat olgan.
XAMAS ta’kidlashicha, G‘azoda 200-250 dan ko‘proq inson garovda ushlab turilibdi. O‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi tamom bo‘lgandan keyin Isroil tomoni XAMAS qo‘lida yana 126 isroillik, 11 nafar xorij fuqarosi saqlanayotgani, 110 kishi ozod etilganini ma’lum qildi.