G‘azoda halok bo‘lganlar soni 61 mingdan oshdi
Falastin hukumati matbuot xizmati bayonotida aytilishicha, G‘azo sektorida olib borilgan harbiy amaliyot davomida jami 61 000 dan ko‘p odam, jumladan 1155 nafar tibbiyot xodimi hayotdan ko‘z yumgan.
Sog‘liqni saqlash idorasi shanba kuni e’lon qilgan hisobotda havo hujumlari tufayli 47 487 inson qurbon berilgani ta’kidlangan.
Ma’lumotga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida 205 jurnalist, 194 nafar fuqaro muhofazasi xodimi ham qayd etilgan.