G‘azoda halok bo‘lgan isroillik harbiylar soni ortgan
Falastinning XAMAS harakatiga qarshi harbiy amaliyot boshlangandan buyon G‘azo sektorida nobud bo‘lgan isroillik harbiylar soni 105 kishiga yetdi, deb xabar tarqatdi “Times of Israel” gazetasi mamlakat mudofaa armiyasi (SAXAL) ma’lumotiga tayanib. Avvalroq mazkur nashr ushbu raqamni “102 askar” deya keltirgan edi.
– SAXAL ma’lum qilishicha, o‘tgan oy G‘azodagi jangda jarohat olgan askarlar orasida vafot etganlar bor, – deb yozgan gazeta. – Natijada XAMASga qarshi harbiy amaliyot boshlangandan buyon hayotdan ko‘z yumgan isroillik harbiylar soni 105 nafarga yetdi.